Gulduros qarsakdan quloq tom bitdi,
Hofiz tabassumi qilardi sarmast,
Necha yillab simfoniya kar qildi,
Qushlar taqlidchisi ketar edi past.
Bu vujudim aro ming bor kuchayib
Tovush sizning qulog`ingizga yeldi.
To`xtang, mana u men umid qilgan va
Azoblarga chidab kutgan shaxs keldi.
Yillab menga oy haqida so`zlashdi,
Kimlar sokinlik haqda bo`zlashdi,
Kimlardir nimalarnidir ko`zlashdi
Men-chi, kuchaytirdim, kuchaytiraverdim.
Nafasi bo`gilib u qo`shiq kuylar.
Mashqdagi askardek charchadi, sezdim.
Egiluvchan bo`ynim bilan u shaxsning
Ter bosgan yuziga intilar edim.
Shunda fikr keldi: "Ey inson, to`xta!
Nimalar kuylaysan? Charchading axir.
Qanday qissa haqda bo`zlamoqdasan?
To`xtasin, muhlislar, siz ayting axir."
Hammasi behuda, najot yo`q endi,
Sillam qurib bunda turibman zo`rg`a.
Temirdan yasalgan jismimga mening
U zahar quymoqda, yuribman zo`rg`a.
Istaganingizcha ayb qo`ying menga,
Lek o`zingga qarshi chiqmaysan-ku sen.
Mening kasbim axir kuchaytirishdir.
Qiynaldim, lek yolg`onni kuchaytirdim men.
Oh urdim, karnaylar dod-voy solishdi,
Qo`llari bilan u bo`g`zimdan tutdi,
Boshqasin qo`yishchun meni olishdi.
. . .
Boshqasi bariga chidaydi albat,
U mening bo`ynimda turibdi butun.
Bizni tez-tez, tinmay alishtirishar,
Yolg`onga halaqit bermasligimiz-chun.
G`ilofda siqilib yotardik bizlar,
Men-y tutqichim va boshqa mikrofon,
Kulib aytishdiki: "Olinganingdan
Juda ham xursanddir o`sha mikrofon."
|